Toshkent boʻylab 600 000 soʻm dan bepul yetkazib berish
Asosiy qismga oʻtish

Buyurtma boʻyicha printli futbolkalar

Uch xil paxta futbolka. Printingizni tushiramiz yoki tayyorini tanlang.

Buyurtma boʻyicha printli futbolkalar

180 dan 240 g/m² gacha zichlikdagi paxta futbolkalarga bosamiz. Regular kundalik kiyish va merch uchun, Oversize katta printlar uchun, Premium sovgʻa va brend kiyimlar uchun mos.

Bosma uchun DTF texnologiyasidan foydalanamiz: u toʻliq rangli tasvirlar, mayda detallar va gradientlarni aniq beradi. Printni koʻkrakka, orqaga yoki ikki tomonga joylashtirish mumkin. Oʻlchamlar: 10 sm logotip, A4 va A3.

Qora va oq ranglar mavjud. Kulrang melanj, toʻq koʻk va qum rangni buyurtma asosida tayyorlaymiz, bu muddatga taxminan ikki kun qoʻshadi.

Savatga qoʻshildi

0 ta buyum

Toshkent boʻylab bepul yetkazishgacha: 600 000 soʻm